Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonning Kobuldagi elchixonasi yaqinida yonida portlovchi qurilma bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
Qayd etilishicha, qo‘lga olinganlar Pokiston fuqarolari bo‘lgan.
Kobulda Turkmaniston elchixonasi yaqinida yonida portlovchi qurilma bo‘lgan ikki nafar pokistonlik qo‘lga olindi, deb xabar berdi Hindustan Times gazetasi.
«Kobuldan kelgan ishonchli xabarlarga ko‘ra, 26 avgust kuni toliblar Turkmaniston elchixonasi yaqinida yonida qo‘lbola portlovchi qurilma bo‘lgan ikki nafar Pokiston fuqarosini qo‘lga olgan», — deyiladi xabarda.
Voqea haqida boshqa batafsil ma'lumot berilmagan.
26 avgust kuni Kobul aeroporti yaqinida terrorchilik harakati amalga oshirilgandi. Terakt oqibatida 200dan ortiq inson halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
23:14 / 22.04.2025
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
21:40 / 15.04.2025
Turkiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga olib kelindi
16:13 / 24.03.2025