Yillab ko‘rishmagan qarindoshlar va qo‘shni davlatga viza. Vodiyliklar – chegaralar ochilgani haqida
2017 yilgacha O‘zbekistondan qo‘shni davlatlarga chiqish va aksincha, qo‘shni respublikalar fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi ancha murakkab edi. Biz suhbatlashgan insonlar o‘sha davrda chegaralardan qanday o‘tgani haqida so‘zlab berdi.
Namanganlik Sherali Umarning ikki singlisi Tojikistonning So‘g‘d viloyatida istiqomat qiladi. Suhbatdoshimizning aytishicha, chegaralar ochilgungacha bo‘lgan davrda qarindosh-urug‘larni ko‘rish, to‘y-ma'rakalarga borishda ko‘p muammolarga duch kelgan. Viza olish jarayoni esa uzoq muddat kutish, maxsus tashkilotlardan suhbatdan o‘tish va byurokratik muammolardan iborat bo‘lardi.
Oradagi masofa 200 km bo‘lsa-da, o‘sha masofadagi yaqinlarimizni ko‘rish maqsadida bir gal viza olish uchun salkam 40 kun kutganmiz, deydi u.
Farg‘onalik Qayumjon Sulaymonov ham o‘sha paytlarda yaqinlaridan telegramma kelgan bo‘lsa-da Qirg‘izistonga o‘tish oson bo‘lmagani aytadi. Ko‘plar chegaraning narigi tarafidagi qarindoshini so‘nggi yo‘lga kuzata olmagan.
Azizxo‘ja Abbosov ham farg‘onalik. Uning yaqinlari anklav hudud bo‘lgan So‘x viloyatida istiqomat qiladi. Chegaradagi muammolar bu suhbatdoshimiz yaqinlarini ham chetlab o‘tmagan.
2017 yilga kelib vaziyat o‘zgardi. Chegaralar birin-ketin ochila boshladi. Qo‘shni davlatlar bilan aloqalar do‘stona yo‘lga qo‘yildi. Chegara postlaridan o‘tish osonlashtirildi. Qo‘shni davlatlar hududida bo‘lish va ularning fuqarolari O‘zbekiston hududida bo‘lib turishi muddatlari uzaytirildi.
Sherali Umarovning aytishicha, hozir singillarini ko‘rish uchun erta tongda yo‘lga chiqsa, 1,5–2 soatda manzilga yetib boradi. Chegara o‘tkazish punktlaridan o‘tish ham ko‘p vaqt olmaydi. Vaziyat tamoman o‘zgargan, deydi u.
Suhbatdoshlarimizning fikrlari bilan yuqoridagi videoda tanishing.
Tohirjon Tursunov
Mavzuga oid
16:34 / 08.11.2024
Rossiya Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishini istaydi - Putin
18:48 / 05.11.2024
Green Card uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2 kunga uzaytirildi
09:30 / 28.10.2024
Bryansk gubernatori chegarani yorib o‘tishga urinish haqida ma’lum qildi
22:15 / 25.10.2024