Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda bobo uy talashib nabirasini pichoqlab qo‘ydi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi shaxs uy talashish ortidan kelib chiqqan janjal paytida o‘z nabirasini pichoqlab qo‘ygan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 29 avgust kuni soat 22:00 larda Qarshi tumani Paxtazor mahallasida yashovchi nafaqaxo‘r T.O. nabirasi G‘.O. bilan uy-joy masalasida janjallashib qolgan.
Janjal davomida bobo nabirasining chap tomon qorin old sohasiga bir marotaba pichoq sanchib, unga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda G‘.O. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Qarshi tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksning tegishli moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
15:18 / 08.12.2024
Qashqadaryoda xotinini ov quroli bilan otib qo‘ygan erkakka hukm o‘qildi
13:19 / 15.10.2024
Qashqadaryoda Labo haydovchisi piyodani urib yuborib, paxta dalasiga tashlab ketdi. Jabrlanuvchi vafot etgan
18:11 / 07.10.2024
Qashqadaryoda gaz-zapravkada portlash sodir bo‘ldi
10:40 / 14.08.2024