Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Panjsher viloyati markaziga hujum boshladi – OAV
Toliblar avvalroq viloyatdagi yetti tumandan to‘rttasini o‘z nazoratlariga olganini ma'lum qilgandi.
«Tolibon» harakati Panjsher viloyati markazi – Bozorak shahriga hujum boshladi. Bu haqda AfghanUrdu resursi xabar bermoqda.
«Hozirda toliblar uch tarafdan poytaxt Bozorakka hujum qilmoqda. «Tolibon» Panjsherda va poytaxt tomon harakatlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Toliblar avvalroq viloyatdagi yetti tumandan to‘rttasini o‘z nazoratlariga olganini ma'lum qilgandi.
O‘z navbatida, Panjsherdagi qarshilik kuchlari vakili Fohim Dashtiy bu xabarni rad etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblarning hujumlari qaytarilgan, front vodiyga kirishdagi barcha yo‘llar ustidan nazoratni saqlab qolgan.
Panjsher hozirda toliblar nazoratiga o‘tmagan yagona viloyat bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
21:47 / 22.04.2025
«Tolibon» endi Rossiyada terror guruhi emas. Harakat asr boshida Rossiyaga jihod e’lon qilgandi
20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji
22:28 / 09.04.2025