O‘zbekiston | 15:25 / 06.09.2021
5549
1 daqiqa o‘qiladi

Andijondagi 767ta maktabda birinchi qo‘ng‘iroq yangradi

Bugun, 6 sentabr kuni yurtimizning barcha maktablarida 2021/22 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi.

Andijon viloyatidagi mavjud 767 ta ta'lim dargohlarida ham ana shunday tadbirlar tashkil etilib, sinf xonalari bilimga chanqoq o‘quvchilar bilan to‘ldi.

Yangi o‘quv yilida hududdagi umumta'lim maktablariga 583 836 nafar o‘quvchi jalb etildi. Ularga 40 719 nafar pedagog xodim ta'lim-tarbiya jarayonini olib borishga kirishishdi.

Joriy o‘quv yili viloyatda 52 390 nafar o‘quvchi 1-sinfga qabul qilinib, ular uchun 12 turdagi Prezident sovg‘alari topshirildi.

Kun.uz muxbiri Andijon shahridagi 31-umumta'lim maktabidagi ham “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirini tasvirga tushirdi.

Mavzuga oid