Toshkentda avtosanoat monopoliyasi va uzun navbatlarga bag‘ishlangan strit-art paydo bo‘ldi va o‘chirib yuborildi
4 sentabr kuni Toshkentda UzAuto Motors kompaniyasining monopoliyasi va buning ortidan avtomobillar uchun paydo bo‘layotgan uzundan uzun navbatlarga bag‘ishlangan ko‘cha suratlari paydo bo‘ldi.
Avtomonopoliyaga atalgan strit-art Chilonzor tumanidagi, AQShning sobiq elchixonasi binosi devorlariga tushirilgan. Muallif – @inkuzart taxallusli ko‘cha rassomi.
Suratlar orqali muallif avtosalonlarda mashina xarid qilish uchun navbatda turganlar duch keladigan yana bir muammo “shapka” tizimini qizg‘ish bosh kiyimi timsolida eslatib o‘tgan.
5 sentabr kuni rassom devorga chizilgan ushbu tasvirlar o‘chirila boshlanganini ma'lum qildi. Bugun, 6 sentabr kuni tarqalgan suratlarda esa tasvirlangan navbatlar avvaliga “ancha kamayib qolgani”, keyinroq butunlay o‘chirib yuborilganini ko‘rish mumkin.
Ma'lumot uchun, yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi sharoitida UzAuto Motors'ning ishlab chiqarish hajmlari keskin tushib ketgan. Ayni paytda avtomobilning 85 foizlik boshlang‘ich to‘lovini to‘lagan o‘n minglab xaridorlarning navbatlari yuzaga kelgan.
6 sentyabr kuni kompaniya avtomobillarga navbatlarni real vaqt rejimida ko‘rsatuvchi UzAvtoSavdo mobil ilovasi texnik sabablar bilan 8 sentyabrgacha ishlamasligini ma'lum qildi.
20 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotida avtosanoatdagi monopoliya haqida gapirib, yaqin o‘tmishda Asakadagi zavod chiqargan avtomobillar O‘zbekistonning o‘zida xorijdagidan qimmatroq sotilganini tasdiqlagan edi.
“Ko‘p yillar Andijonda zavodimiz bor, deb faxrlanib yurdik. Soliqlardan ozod qildik, imtiyozlar berdik. Lekin u zavod xalqimizga manfaat keltirmadi. Eksportdagi o‘zimizning avtomobil ichki bozorimizdan arzon sotildi. Endi bu muammolarni bartaraf qilyapmiz”, – degandi davlat rahbari.
Mavzuga oid
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024