Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Xitoydan ikki kunda 4,5 mln doza vaksina olib kelindi
Yakshanba va dushanba kunlari O‘zbekistonga xitoy-o‘zbek vaksinasidan yana 4,5 million doza olib kelindi.
6 sentabr kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3 million dozadan iborat navbatdagi partiyasi keltirildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, bu bilan mamlakatga keltirilgan vaksinaning jami miqdori 22 million 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.
Shundan:
- 460 000 dozasi Sputnik V,
- 986 480 dozasi AstraZeneca,
- 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.
Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 15 004 856 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 2 123 460 nafarni tashkil qilmoqda.
5 sentabr kuni ham ushbu vaksinadan 1,5 mln doza keltirilgan edi.
Mavzuga oid
21:15 / 24.08.2024
Yevrokomissiya respirator viruslar tarqalishiga qarshi vaksinani ma’qulladi
23:25 / 15.10.2022
Koronavirusdan o‘lim miqdori rekord darajada pasaydi
10:21 / 09.02.2022
SSV emlanishga chaqirmoqda: Zangiotada o‘lim holatlari emlanmaganlar orasida qayd etilgan
19:45 / 26.01.2022