Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda qashqadaryolik haydovchi boshqaruvidagi yuk mashinasining gaz balloni portladi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida qashqadaryolik haydovchi boshqaruvidagi yuk mashinasining gaz balloni portlab ketgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, bugun 8 sentabr kuni soat 6:00larda A376 Qo‘qon-Jizzax xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan 292-kilometrida yuk mashinasining gaz balloni portlab ketgan.
Haydovchi M.Sultonov Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan «Qashqadaryo ikkilamchi qora metall» filialiga tegishli «GAZ 330202» rusumli mashinasini Jizzax-Bekobod yo‘nalishida boshqarib borayotganda SPG gaz ballonida portlash sodir bo‘lgan.
Oqibatda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina yo‘lning chap tomonida o‘rnatilgan beton to‘siqqa urilgan. Qayd etilishicha, mazkur hodisada haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025