Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi
O‘zbekiston prezidenti Tojikiston yetakchisi va xalqini mustaqillikning 30 yilligi bilan tabrikladi.
8 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbari Tojikiston prezidenti va xalqini mustaqillikka erishilganining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etdi.
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
«Prezidentlar joriy yilning 16-17 sentabr kunlari Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi tadbirlariga tayyorgarlikning borishini ko‘rib chiqdilar, shuningdek, Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.
ShHTning bo‘lajak sammiti doirasida yetakchilar ikki tomonlama va mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan alohida uchrashuv o‘tkazishi yuzasidan kelishuvga erishildi», deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
17:55 / 14.05.2025
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
17:14 / 12.04.2025
Tojikistonda internetda «layk» bosganlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi
20:20 / 31.03.2025