O‘zbekiston | 13:48 / 08.09.2021
2027
1 daqiqa o‘qiladi

Tashabbusli budjet: Navoiy viloyatida 39 ta taklif tasdiqlandi

Moliya vazirligining «Ochiq budjet» axborot portaliga Navoiy viloyatida uchrayotgan kamchiliklar yechimiga mahalliy budjetdan pul ajratish bo‘yicha eng ko‘p ovoz olgan 39 ta taklif tasdiqlandi.

Tasdiqlangan takliflarning 25 tasi hududdagi maktablarni ta'mirlash, jihozlash, kompyuter jamlanmalari, elektron kitoblar olib berish, kuzatuv kameralari o‘rnatish bilan bog‘liq. Qolgan takliflar mahallalarga yangi bino qurish, ichki yo‘llarni, madaniyat bo‘limini ta'mirlash, sport maydonchalari qurish kabilardan iborat.

Navoiy viloyati bo‘yicha «Tashabbusli budjet» loyihasiga qariyb 13,2 mlrd so‘m ajratilgan. G‘olib deb topilgan loyihalar tuman va shahar xalq deputatlari qarori bilan moliyalashtiriladi.  

Mavzuga oid