O‘zbekiston | 12:09 / 08.09.2021
723
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda talabaning o‘qishini ko‘chirib berishni va'da qilgan firibgar aniqlandi 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda firibgarlik jinoyati fosh etildi.

Jumladan, «A» MChJ menejyeri I.M., Qozog‘iston Respublikasi universiteti 2-kurs talabasi M. ishonchiga kirib, uning o‘qishini Qoraqalpoq davlat universitetiga ko‘chirishda amaliy yordam berishini aytib, evaziga 1500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan. 

Tekshiruv davomida I.M. talabadan olgan pullari hisobidan 1100 AQSh dollarini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid