Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qariyb 6 kilogramm marixuana saqlab kelayotgan fermer xo‘jaligi ishchisi ushlandi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida fermer xo‘jaligiga qarashli tovuqxonada qariyb 6 kilogramm quruq holdagi marixuana giyohvand moddasini saqlab kelayotgan ishchi qo‘lga olingan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 4 sentabr kuni Koson tumani IIB xodimlari tomonidan «Qoradori-2021» keng qamrovli tadbiri o‘tkazilgan. Tadbirda Koson tumani «Jizzalik» MFYda joylashgan fermer xo‘jaligiga qarashli binolar ko‘zdan kechirilganda tovuqxona hamda molxonada yashil rangli, o‘tkir hidli o‘simlik quritmalari borligi aniqlangan. Ular tegishli tartibda xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Qayd etilishicha, viloyat IIB EKBning sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra fermer xo‘jaligidan olingan o‘simliklar marixuana giyohvand moddalari ekani aniqlangan. Ularning sof og‘irligi 5 755,6 grammga tengligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Dastlabki surishtiruvda mazkur giyohvand moddani fermer xo‘jaligida ishchi bo‘lib ishlovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan sudlangan, Koson tumani «Quybog‘» MFYda yashovchi 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro K.Sh. yetishtirgani aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro K.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qism «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025