Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda Cobalt haydovchisi vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida Isuzu yuk mashinasi yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib Cobalt bilan to‘qnashgan. Oqibatda Cobalt haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 4 sentabr tunda A380 G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov xalqaro avtomobil yo‘lining 100-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Shahrisabz-Buxoro yo‘nalishida harakatlanib borayotgan Isuzu yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashgan. Oqibatda, Cobalt haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Isuzu haydovchisi tezlikni belgilangan me'yordan oshirib harakatlangan va boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovoldi surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025