Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi maktabda o‘quvchilar parta bo‘lmagani uchun polda o‘tirib dars o‘tishdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi maktabda o‘quvchilar parta bo‘lmagani uchun polda o‘tirgan holda dars o‘tgani haqida video tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat bo‘yicha munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, Yakkabog‘ tumani xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 39-maktabda sinfxonada parta bo‘lmagani uchun o‘quvchilarning polda o‘tirib dars o‘tgani holati bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan ishchi guruh tuzilgan. Ishchi guruh hozirda hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda.
«Ishchi guruh tomonidan videodagi maktab xonasida o‘quvchilar polda o‘tirgan holda dars mashg‘ulotida qatnashayotgani aks etgan lavhaning haqqoniyligi o‘rganilib, huquqiy baho berilishi ta'minlanadi», deyiladi viloyat prokuraturasi munosabatida.
Kun.uz mazkur holat bo‘yicha viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Javohir Rustamov bilan bog‘landi. Uning aytishicha, Yakkabog‘ tumanidagi 39-maktab joriy yilda 3 milliard 102 million sarflanib kapital ta'mirlangan. Undagi eski partalar yangisiga almashtirish uchun chiqarib tashlangan. Yangi partalarning bir qismi maktabga yetkazilgan. Yana bir qismi esa bugun-erta yuboriladi va sinflar yangi parta bilan jihozlanadi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025