Jamiyat | 16:00 / 11.09.2021
6416
2 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qo‘shma hamkorlikdagi tayyorlov fakultetiga taklif etadi

Belarus milliy texnika universiteti va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qo‘shma hamkorlikdagi tayyorlov fakultetiga 6 sentyabrdan 6 oktyabrgacha o‘qishga hujjatlarni qabul qilish jarayoni bo‘lib o‘tadi.

Hujjatlar qabul qilish jarayoni suhbat ko‘rinishida to‘liq rus tilida uchta mezon bo‘yicha olinadi: o‘qish, yozish va gapirish.

Belarus milliy texnika universiteti va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qo‘shma hamkorlikdagi tayyorlov fakultetida quyidagi fanlarni o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi:

  • Rus tili;
  • Fizika;
  • Matematika.

Qo‘shma hamkorlikdagi tayyorlov fakultetida o‘qish masofaviy va kunduzgi shaklda 9 oy davom etadi.

Belarus milliy texnika universiteti va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qo‘shma hamkorlikdagi tayyorlov fakulteti bitiruvchilariga muvaffaqiyatli tugatganlik haqidagi guvohnoma topshiriladi.

Afzalliklari:

a) fanlar bo‘yicha chuqur tayyorlov;

b) mashg‘ulotlarni ToshDTU va BMTUning yuqori malakali o‘qituvchilari olib borishadi;

v) Belarus - O‘zbek tarmoqlararo amaliy texnik malaka institutiga kirish imtiyozlari;

g) Belarus milliy texnika universiteti bakalavriat yo‘nalishlariga kirish imtiyozlari mavjudligi.

  • zamonaviy yotoqxona;
  • grant va shartnoma o‘rinlari;
  • ish va sayohat dasturining imkoniyati;
  • chet elda amaliyot o‘tash orqali xalqaro ish tajribasi;
  • BMTU diplomi;
  • xorijlik professorlar.

Telefonlar: +998712075400, +998994441177

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid