Jamiyat | 17:00 / 16.12.2021
9040
2 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika universiteti xalqaro miqyosda e’tirof etildi

Foto: Toshkent davlat Texnika universiteti

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University. Times Higher Education yoki ARWU) reytingidagi birinchi 1000 ta oliy ta’lim muassasasi ro‘yxatiga kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini kiritish ko‘zda tutilgan. Bu borada Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda barcha oliy ta’lim muassasalari maqsadli rejalar asosida ish boshladi va «Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalarining (QS World University Rankings: Emerging Europe and Central Asia) 2022 yilgi reytingi» e’lon qilindi. 

Quvonarlisi, O‘zbekistonda QS mintaqaviy reytingida qayd etilgan universitetlar ketma-ket ikkinchi yil o‘z o‘rnini yanada mustahkamladi va yuqoriroq pog‘onalarga ko‘tarildi. Bu bugungi kunda «Yangi O‘zbekiston» oliy ta’lim tizimida samarali faoliyat yuritayotganidan, ta’limga bo‘lgan munosabatni oshirayotganidan dalolat beradi. 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti QS reytingida akademik so‘rovnoma, ish beruvchilarning bahosi va ilmiy salohiyati, nufuzli xorijiy nashrlardagi maqolalari va ularga bo‘lgan iqtiboslar kabi mezonlarda Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalarining orasida ijobiy natijalar qayd etdi va 351-400 o‘rinlar oralig‘idagi universitetlar qatoridan yana bir bor joy oldi va o‘z o‘rnini yanada mustahkamladi. Ta’kidlash joizki, Toshkent davlat texnika universiteti 2021 yilda QS reyting agentligi tomonidan faqatgina 2 ta mezonlar asosida baholangan bo‘lsa, 2022 yilda barcha mezonlar (10 ta) asosida e’tirof etildi. Bu esa universitetning xalqaro maydondagi jozibadorligini kengroq ifoda etib berishidan dalolatdir.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid