"Biriga qaymoq, biriga to‘qmoq!" Shahar hokimligi tovon puli to‘lashda ikki xil standartga yo‘l qo‘yayotgan ko‘rinadi
Oliy sud Toshkent shahar hokimligining kassatsiya shikoyatini uchinchi marotaba rad etdi. Biroq, tovon puli to‘lashga doir sud qarorini ijro etish turli bahonalar bilan ortga surilyapti. Bu bilan prezident topshirig‘ini bajarish ham paysalga solinmoqda.

Foto: Kun.uz
Yodingizda bo‘lsa Toshkent shahar hokimligi tadbirkorga o‘z vaqtida 1 mln dollar bo‘lgan mulk uchun tovon pulini to‘lamayotgani haqida maqola e'lon qilgan edik. Unda “Tulpor savdo uyi” MChJga tegishli 55 sotix yer maydoni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgani va 2035 kv.m. maydon bo‘lgan binosi kompensatsiya va yer maydoni keyinchalik berishga doir og‘zaki va'dalar bilan 2011 yilda buzib tashlangani, o‘rniga 15 sotix bo‘sh yerdan bo‘lak hech vaqo berilmagani aytilgandi.
Toshkent shahar iqtisodiy sudi kassatsiya instansiyasining qarori bilan tadbirkorga 2 mlrd 21 mln so‘m tovon to‘lash bo‘yicha ijro varaqasi shu yilning 1 fevralidan beri ijro etilmay kelayotgani ma'lum qilingandi.
Kun.uz ixtiyoriga kelib tushgan hujjatga ko‘ra, hokimlik tomonidan tovon puli to‘lashda “ikki xil” standartga yo‘l qo‘yilayotgan bo‘lishi mumkin. 2021 yil 11 avgust kuni Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari X.Shakirov raisligida bo‘lib o‘tgan Toshkent shahar hududiy kuzatuv kengashi yig‘ilishida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armadan mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqilgan.
Unda 17ta tadbirkorlik sub'yekti va jismoniy shaxslardan kelib tushgan ariza ko‘rib chiqilib, yig‘ilish natijasi bo‘yicha 15ta tadbirkorlik sub'yekti va jismoniy shaxslarga jami 8 mlrd 571 mln so‘m tovon puli to‘lash bo‘yicha Toshkent shahar hokimi qarori loyihasini ishlab chiqish haqida xulosa qilingan.
Ushbu hujjatga ilova qilingan ma'lumotnomada Kun.uz o‘rgangan ishga o‘xshash holat ko‘zga tashlanadi. Ya'ni, bu firmaning ham ko‘chmas mulki buzilgan, yer maydoni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan. Kompensatsiya qisman qanoatlantirilgan. Bu firma sudga murojaat qilmagan bo‘lsa-da, Hududiy kuzatuv kengashi mazkur MChJga oradagi tafovut – 1 mlrd 715 mln so‘mni tovon puli sifatida to‘lashga qaror qiladi.
Biroq, bayonnoma ilovasida kimlarning tovon puli to‘lashga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish rad etilganining sababi ham keltiriladi. Unda:
“Hududiy kuzatuv kengashining 2019 yil 23 avgustdagi 1-sonli yig‘ilish bayonining 1 va 2-ilovalariga asoslantirilgan hujjatlar taqdim qilinmagani” qayd etiladi.
Qolaversa, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Shakirov imzosi bilan, sanaga e'tibor bering, 2021 yil 24 avgust kuni Dilshod Azamatovga yuborilgan javob xatida:
“Hozirgi kunda, Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay'atining 2021 yil 1 fevraldagi hal qiluv qarori ustidan Toshkent shahar hokimligi tomonidan 2021 yil 19 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay'atiga kassatsiya shikoyati kiritilgan.
Kassatsiya ishi bo‘yicha qabul qilingan qaror asosida Toshkent shahar Hududiy kuzatuv kengash va uning ishchi organi tomonidan kompensatsiya berish masalasi ko‘rib chiqilishini ma'lum qilamiz”, - deyiladi.
Shu o‘rinda yuqoridagilardan kelib chiqib, qator savollar tug‘iladi:
O‘zbekistonda qachondan beri shahar hokimining birinchi o‘rinbosari raisligidagi Hududiy kuzatuv kengashi davlat hokimiyatining uchinchi bo‘g‘ini hisoblanuvchi suddan ustun bo‘lib qoldi?!
Qachondan buyon Hududiy kuzatuv kengashining yig‘ilish bayoni sud qarori ijrosini to‘xtatib qo‘ya oladigan darajada kuchga ega bo‘lib qoldi?
Shuning barobarida, Oliy sud iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati shahar hokimligining kassatsiya shikoyatini uchinchi marta ham rad etgan. Shakirov xati mazmunidan kelib chiqilsa, tovon pulini to‘lash masalasi Hududiy kuzatuv kengash va uning ishchi organi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak edi. Aslida, bu ish amaldagi qonunchilik talablariga zid bo‘lsa ham, sud qarori bo‘yicha ijro varaqasi ham berilgan bo‘lsa-da, hokimlik shu ishni ham paysalga solib kelmoqda.
Tolib Rahmatov, Kun.uz muxbiri
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

16:02 / 04.04.2025
Xonanda Anvar G‘aniyev mualliflik huquqini buzgani ma’lum bo‘ldi

08:30 / 26.03.2025
Xato tufayli o‘limga hukm qilingan yaponiyalik chol rekord miqdorda tovon puli oldi

18:15 / 14.06.2024
“Qaror chiqqan kundan to‘lovni boshlayman” – Munira Kariyeva tovon pulini qoplab berish borasida so‘zida turishini ma’lum qildi

18:40 / 26.04.2024