Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. «Real» «Bernabeu»ga qaytishini 5ta gol bilan nishonladi. Benzemada het-trik, Kamavinga debyut o‘yinida to‘p kiritdi
Ispaniya chempionatining 4-turida «Real» o‘z maydonida «Selta»ni qabul qilib, hisobda ikki bor ortda qolayotganiga qaramay yakunda yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mezbonlardan Benzema het-trik qayd etdi, Kamavinga debyutida zaxiradan maydonga tushib 6 daqiqa ichida to‘p kiritdi. Shuningdek, Vinisius ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Vigoliklardan Mina va Servi madridliklar darvozasini ishg‘ol etishdi.
Ma'lumot uchun, «qirollik klubi» 18 oydan so‘ng ilk bor «Santyago Bernabeu»da o‘yin o‘tkazdi.
«Real» ochkolarini 10taga yetkazib, 1-o‘ringa qaytdi. 1 ochkoga ega «Selta» 18-pog‘onada qoldi.
La Liga. 4-tur
Real — Selta 5:2
12 sentabr, «Santyago Bernabeu»
Gollar: Benzema (24, 46, 87 penalti), Vinisius (54), Kamavinga (72) — Mina (4), Servi (31).
Real – Kurtua, Karvaxal, Nacho, Militao, Migel Guterres (Marselo, 89), Valverde, Modrich (Asensio, 79), Kazemiro, Benzema, Azar (Kamavinga, 66), Vinisius Junior (Rodrigo, 89).
Selta – Dituro, Malo, Arauxo, Murilo (Aydu, 89), Galan, Denis Suares, Tapiya (Beltran, 46), Mendes (Solari, 52), Servi (Nolito, 63), Aspas, Santi Mina (Galyardo, 63).
Ogohlantirishlar: Nacho (32), Murilo (43), Vinisius Junior (55), Arauxo (63), Solari (63).
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi
02:38 / 03.04.2025