Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda oltin uchun ETF’lar paydo bo‘ladi – Moliya vazirligi
O‘zbekistonda 5 ta davlat banki xususiylashtiriladi. “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinadi.
O‘zbekistonda birja investitsion fondlari (ETF), shu jumladan, oltin uchun ham ETF’lar paydo bo‘lishi kutilmoqda.
11 sentyabr kuni kapital bozoriga bag‘ishlangan III Xalqaro obligatsiyalar konferensiyasida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha yangiliklar bo‘lishi ta'kidlandi. Bular:
- kelgusi 3 yil ichida 15 ta IPO kutilmoqda, shulardan 5 tasi davlat banki, 3 ta sug‘urta kompaniyasi hamda metallurgiya va boshqa kompaniyalarga tegishli;
- oltin uchun ETF, ipoteka obligatsiyalari, sukuk obligatsiyalari;
(ETF - Exchange Traded Fund, birja savdo fondidir. U savdoga qo‘yilgan indeks fondi sifatida belgilanadi. Indeks fondlari o‘zgaruvchan daromadga ega bo‘lgan investitsiya fondlari deb ta'riflanadi. U indeks va fond o‘rtasidagi gibrid. Ushbu gibrid ikkita asosiy narsaga xizmat qiladi: investitsiya jarayonini yengillatish va investorga indeks tomonidan taqdim etilgan rentabellikka erishish)
- inflatsiyaga bog‘langan obligatsiyalarini chiqarilishi;
- qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bilan xalqaro depozitariy o‘rtasida, mahalliy fond birjasi va valuta birjasining o‘zaro bog‘liqligi takomillashadi;
- depo hisobvaraqlarini masofadan turib ochish imkoniyatini yaratiladi.
Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishini bildirdi.
Mavzuga oid
21:01 / 10.02.2025
Oltinning rekord narxlari O‘zbekistonning zaxirasini salkam 43 mlrd dollarga yetkazdi
13:13 / 06.02.2025
1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi
19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi
16:20 / 03.02.2025