Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda tuman va shaharlarda mablag‘ avval sarflanib, so‘ng sessiyaga kiritilgani ma'lum qilindi
Qashqadaryo viloyatida tuman va shaharlarda qo‘shimcha manbalardan ajratilgan mablag‘lar avval sarflanib, so‘ng sessiyaga kiritilgan. Bu haqda bugun, 13 sentabr kuni o‘tkazilgan Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida Zoyir Mirzayev ma'lum qilgan.
Sessiyada Qashqadaryoda tuman va shahar budjetlarining qo‘shimcha manbalaridan foydalanishdan oldin amalga oshiriladigan xarajatlar Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari muhokamasiga qo‘yilishi bo‘yicha talabga to‘liq rioya etilmagani aytilgan.
Xususan:
- Qarshi shahrida 3 milliard 512 million so‘m;
- G‘uzor tumanida 3 milliard 651 million so‘m;
- Mirishkor tumanida 1 milliard 576 million so‘m;
- Chiroqchi tumanida 324 million so‘m;
- Kasbi tumanida 830 million so‘m;
- Koson tumanida 69 million so‘m qo‘shimcha manbalar hisobidan ajratilgan mablag‘lar tegishli shahar va tuman hokimlarining farmoyishlariga asosan sarflangandan keyin Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarorlari qabul qilingan.
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi
11:02 / 15.12.2024
Taxtiqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
18:04 / 06.11.2024