Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Tojikistonda joylashtirilgan afg‘onistonliklarga yordam ko‘rsatadi
BMTning qochqinlar bo‘yicha agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Tojikistonda 2021 yil oxirigacha 50 ming nafarga yaqin afg‘onistonlik qochqin ro‘yxatga olinishi mumkin.
Yevropa Ittifoqi Tojikiston hududida joylashtirilgan afg‘onistonlik qochqinlarga 160 ming yevro ajratadi. “Aziya-Plyus”ning yozishicha, moddiy yordam Xatlon viloyati va Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatidagi 5 ming nafarga yaqin qochqin uchun mo‘ljallangan.
Ushbu mablag‘ Tojikiston Qizil Yarimoy jamiyatini oziq-ovqatlar, chodirlar va boshqa zarur ehtiyoj buyumlarini qochqinlarga yetkazib berishda qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi.
Mablag‘ning bir qismi afg‘onistonlik qochqinlarning ehtimoliy oqimiga tayyorgarlik ko‘rish uchun ajratiladi.
BMTning qochqinlar bo‘yicha agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Tojikistonda 2021 yil oxirigacha 50 ming nafarga yaqin afg‘onistonlik qochqin ro‘yxatga olinishi mumkin.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025