Bojxona posti orqali olib kirilayotgan qiymati 1,3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan noqonuniy tovarlar ushlandi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida turli qing‘ir rejalar asosida yuk hujjatlarida noto‘g‘ri ma'lumotlarni ko‘rsatish orqali yirik miqdordagi tovarlarning noqonuniy kirib kelish holatiga chek qo‘yildi.
“Chuqursoy” bojxona postida 2 ta yuk konteynerida og‘irligi 52 tonnadan ziyod bo‘lgan, yuk hujjatlariga ko‘ra «payvandlash elektrodlari» deya ko‘rsatilgan tovarlar «sariq yo‘lak» asosida rasmiylashtirilib, bojxona omboriga joylashtiriladi.
Keyingi tekshiruvlar natijasida ushbu tovarlar orasida bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlarida umuman qayd etilmagan qiymati 1 mlrd 387 mln so‘mlik 33,4 tonna burama mixlar borligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovarlarga 475,8 mln so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari hisoblandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

19:45 / 21.05.2025
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi

20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi

20:24 / 20.05.2025