Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4ta hududda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi
1-25 noyabr kunlari respublikaning 4ta hududida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Bu haqda AOKAda Davlat statistika qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi belgilandi.
Aholini ro‘yxatga olish — mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi «fotosurati»ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir hisoblanadi.
Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishdan maqsad — aholini ro‘yxatga olish uchun ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalar, so‘rovnoma shaklidagi savollar, tashkiliy ishlar, dasturiy ta'minot va texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish.
Sinov jarayonlarida aniqlangan barcha xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi. Shuning uchun ham sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish ishlari asosiy tadbirdan kamida ikki yil oldin o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
09:50 / 24.05.2025
O‘zbekistonliklarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi necha yoshligi aytildi
13:17 / 30.04.2025
Ko‘p qavatli uylarning bir qismi ijtimoiy uy-joy fondiga o‘tkaziladi
14:48 / 14.04.2025
O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni qanchaga oshayotgani aytildi
13:34 / 11.04.2025