O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Misrni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor JCh pley-offiga yo‘l oldi
Litvada o‘tayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida V guruhida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston milliy jamoasi Husniddin Nishonov va Anasxon Rahmatovning supergollari evaziga Misrni mag‘lub etdi. Guruhning ikkinchi bahsida Rossiya Gvatemala ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Shu tariqa guruhdan Rossiya 9 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Qolgan 3 jamoa 3 ochkodan to‘pladi va to‘plar nisbatiga ko‘ra O‘zbekiston (-2) 2-o‘rinni egallab, o‘z tarixida ilk bor mundial pley-offiga yo‘l oldi.
Gvatemala (-5) uchinchi, Misr (-7) so‘nggi o‘rinni egalladi. Gvatemala boshqa guruhlardagi natijalarni kutadi — KONKAKAF vakilida eng yaxshi 3-o‘rin egalari qatorida 1/8 finalga chiqish imkoniyati bor.
JCh. V guruhi
3-tur. 18 sentabr
Misr — O‘zbekiston 1:2
Gollar: Iyd (19) — Nishonov (2), Rahmatov (14).
O‘zbekiston — Ravshan Eliboyev., Ixtiyor Ropiyev, Husniddin Nishonov, Ilhom Hamroyev, Davron Choriyev, Anasxon Rahmatov, Akbar Usmonov, Mashrab Odilov, Sunnat Jo‘rayev, Xushnur Erkinov, Muzaffar Ahadjonov, Dilshod Rahmatov, Rustam Umarov.
Gvatemala — Rossiya 1:4
Gollar: Alvarado (25, penalti) — Afanasev (2), Asadov (10), Abramov (14), Antoshkin (27).
Mavzuga oid
20:51 / 08.10.2022
Futzal. O‘zbekiston Tailandni tor-mor etib, Osiyo kubogida 3-o‘rinni egalladi
00:39 / 05.10.2022
Futzal. O‘zbekiston Kuvaytni yirik hisobda mag‘lub etib, Osiyo Kubogi yarimfinaliga yo‘l oldi
09:19 / 26.09.2021
Revansh kayfiyatidagi O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Toshkentga qaytib keldi
00:06 / 16.09.2021