Jamiyat | 08:10 / 18.09.2021
3493
2 daqiqa o‘qiladi

Yo‘lovchilar bilan o‘zini nojo‘ya tutgan taksi haydovchisiga nisbatan chora ko‘riladi - IIBB

Nemolchi.uz internet manbasida uch nafar ayolga shilqimlik qilgan taksi haydovchisiga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chora ko‘rilmayotgani haqida xabar e'lon qilindi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, «Matiz» rusumli avtomobil haydovchisi J.T. tomonidan huquqbuzarlik sodir etilgani to‘g‘risida Toshkent shahar IIBBga ariza kelib tushmagan. Idora xodimlari yuqoridagi e'lon muallifi bilan bog‘lanib, jabrlanuvchilar haqida ma'lumot olgandan so‘ng, ayollarga yozma ravishda ichki ishlar organlariga murojaat qilish zarurligi tushuntirilgan. 

2021 yil 17 sentyabr kuni ikki nafar jabrlanuvchilar – E.M. va T.Yu. Mirobod tumani IIO FMBga murojaat qilishgan. Uchinchi qiz – M.S. ham yaqin orada ariza yozishga tayyorligini bildirgan.

Mazkur holat bo‘yicha tergovoldi tekshiruvlari olib borilayotgani aytiladi.

“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Agar siz va yaqinlaringiz nojo‘ya xatti-harakat qilgan taksi haydovchilariga duch kelsangiz, ichki ishlar organlariga murojaat qiling. Bu nafaqat sizga, balki jamiyatga ham foyda bo‘ladi”, deyiladi ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid