Afg‘on jurnalistlari xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘radi
Yuzdan ortiq afg‘on jurnalistlari “Chegarasiz muxbirlar” huquqni himoyalash tashkilotiga murojaat qilib, Afg‘onistonda matbuot erkinligini himoyalashda yordam berishni so‘radi.

Murojaatni 103 nafar, jumladan 20 nafar ayol jurnalist anonim tarzda imzolagan. Ulardan aksariyati hamon Afg‘onistonda ishlamoqda, ba'zilari yashirinmoqda, ba'zilari esa xorijda quvg‘unlikda qolmoqda.
“Biz ushbu murojaatni berar ekanmiz, hayotimiz xavf ostida ekani sababli noma'lum bo‘lib qolishga majburmiz. Biz Afg‘onistonda 1996-2001 yillarda bo‘lgani kabi jurnalistika yo‘q bo‘lib ketishini istamayapmiz”, deb aytilgan murojaatda.
Ularning ta'kidlashicha, toliblar ko‘p hollarda jurnalistlarga hujum qilmoqda, ularning faoliyatiga aralashmoqda. OAV vakillari vaziyat yanada yomon ko‘rinish olishidan xavotirlanmoqda. Ularning ta'kidlashicha, jurnalistlar, ayniqsa ayol jurnalistlar himoyasini kafolatlash eng ustuvor vazifa hisoblanadi.
“Toliblar bergan va'daga qaramay, biz umumiy tahqirlashlarning birinchi alomatlarini ko‘rmoqdamiz”, deb ta'kidlab o‘tishgan jurnalistlar.
Bunda jurnalistlarga tahdid qilish, tahririyatlar xodimlarini qo‘rqitish va yashirin senzura nazarda tutilmoqda. Afg‘on jurnalistlari “Afg‘onistonda oxirgi 20 yil ichida OAV mustaqilligi, jurnalistlarni himoyalashda erishilgan natijalarni saqlab qolish uchun matbuot erkinligini safarbar qilishga” chaqirishgan.
Shuningdek, ular afg‘on nashrlariga o‘z ishini davom ettirishga imkon berishga chaqirishgan va yaqin istiqbolda ularga diplomatik hamda moliyaviy ko‘mak zarur bo‘lishini aytishgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh yadroviy xavfsizlik boshqarmasining 500 nafar xodimi ishdan bo‘shatiladi
Jahon | 22:26
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Xitoy bilan o‘yinda kambek qildi
Sport | 22:07
-
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46
-
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
Jahon | 21:21
Mavzuga oid

13:53 / 05.04.2025
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Rossiya elchisi bilan uchrashdi

14:12 / 04.04.2025
«Dunyo Afg‘oniston hududidan kelayotgan tahdidlarga yetarlicha baho bermayapti» - Shavkat Mirziyoyev

18:19 / 31.03.2025
Rossiya bosh prokuraturasi «Tolibon» faoliyatiga ruxsat berishni so‘radi

00:00 / 31.03.2025