Jahon | 13:44 / 19.09.2021
8507
1 daqiqa o‘qiladi

SpaceX kemasi tarixdagi birinchi noprofessional ekipaj bilan Yerga qaytdi

SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kemasi birinchi noprofessional fazogirlarsiz ekipaj bilan birga fazoga 3 kunlik parvozdan keyin Yerga qaytdi. Kema Florida yaqinida Atlantika okeaniga qo‘ndirilgan.

Foto: Reuters / Space X

Kemaning ekipaj a'zolari bo‘lgan kapsulasi AQShning sharqiy vaqti bilan 18 sentabr soat 19:06da (Toshkent vaqti bilan 19 sentabr soat 04:06da) okeanga qo‘ngan.

Falcon 9 raketa-tashuvchisi 3 kun avval Crew Dragon kemasini noprofessional tijorat ekipaji bilan birga 590 km balandlikdagi orbitaga olib chiqqandi. Ushbu balandlik hozirda Xalqaro koinot stansiyasi faoliyat olib borayotgan va avval amalga oshirilgan barcha orbital boshqariluvchi parvozlar balandligidan yuqoriroqni tashkil qiladi.

Inspiration 4 deb nomlangan missiya doirasida fazoga amerikalik milliarder, Shift4 Paymens kompaniyasi rahbari, 38 yoshli Jared Ayzekman, St. Jude Children's Research Hospital davolash-tadqiqot gospitali shifokori Xeyli Arseno, fazogirlikka sobiq nomzod Sian Proktor va Lockheed Martin kompaniyasi muhandisi Kristofer Sembroski yo‘l olgandi. E'tiborlisi ulardan birortasi professional fazogirlar hisoblanmaydi.

Parvoz uchun to‘lov to‘liq Ayzekman tomonidan amalga oshirilgan.

Mavzuga oid