OTB O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha prognozlarini yaxshiladi
Osiyo taraqqiyot bankining yangi prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti bu yil 5 foiz, kelasi yilda esa 5,5 foiz o‘sishi kutilmoqda.

Foto: Bloomberg
OTB mamlakat iqtisodiyotining 2021 yilning birinchi yarmida 6,2 foizga o‘sishini qayd etgan. Bunga birinchi navbatda sanoatda ishlab chiqarish hajmining o‘tgan yilga nisbatan oshishi tufayli erishilgani aytilgan. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘sish 8 foizgacha tezlashgan.
«Hukumatning SOVID-19ga qarshi emlash dasturini samarali amalga oshirishi O‘zbekiston xalqini himoya qilish, ishonchni tiklash va joriy yilning birinchi yarmidagi istiqbolli o‘sishning asosi bo‘ldi», deya ta'kidlagan OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sindi Malvichini.
Inflatsiya 2021 yilning birinchi yarmida sekinlashgan va o‘tgan yilgi 13,9 foizdan 10,9 foizgacha tushdi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning yaxshilanishi oziq-ovqat narxining o‘sishini sekinlashtirishga yordam bergan, elektr va gaz uchun tariflar o‘zgarishsiz qolgan. Shu sabab OTB 2021 va 2022 yillar uchun inflatsiya prognozlarini mos ravishda 10 foiz va 9 foiz ko‘rsatkichlarda saqlab qoldi.
Avvalroq, OTB 2021 yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) 4 foiz va 2022 yilda 5 foiz darajasida o‘sishini prognoz qilgandi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

13:28 / 16.04.2024
Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha yangi prognozlarni taqdim etdi

07:44 / 10.02.2022
OTB O‘zbekiston moliya bozorini rivojlantirish uchun mablag‘ ajratadi

07:35 / 08.02.2022
Professional ta’lim sohasiga 162 mln dollar jalb etiladi

09:55 / 03.02.2022