O‘zbekiston | 09:55 / 03.02.2022
3430
1 daqiqa o‘qiladi

OTB O‘zbekistonda 2,8 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshiradi

Joriy yil 2 fevral kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakava bilan videokonferensiya tarzida muzokara o‘tkazdi. 

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, muzokara davomida ikki tomonlama hamkorlik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Infratuzilmaviy rivojlanish, energetika, uy-joy kommunal xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarida OTB bilan birgalikda amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 5 milliard dollarlik 29 loyihaning hozirgi holati ko‘rib chiqildi. 

OTBning 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan mamlakatlar bilan operatsiyalarning biznes-rejasi doirasida O‘zbekistonda umumiy qiymati 2,8 milliard dollarga teng bo‘lgan 27 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 524 million dollarlik 3 loyiha 2022 yilda hayotga joriy etiladi. 

Tomonlar ma’qullangan tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirish va ko‘rib chiqilayotgan loyihalarni kelishish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib oldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid