Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkor ayollari o‘rtasida 13 mln dollarlik shartnomalar imzolandi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkor ayollari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “B2B” uchrashuvlari ikkala tomon tadbirkorlari uchun juda foydali bo‘ldi, deb xabar bermoqda Senat axborot xizmati.
Qayd etilishicha, muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasida umumiy qiymati 13,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 15 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolandi.
Bildirilishicha, shartnomalar qurilish, sanoat, ishlab chiqarish, ta'lim, tekstil mahsulotlarini yetkazib berish kabi turli tadbirkorlik sohalarini qamrab olgan.


Xususan, O‘zbekistonning «Tashpulat Stroy Invest» MChJ va Qirg‘izistonning «Sky Industrial Group», «Hyundai Construction», «Lift Sky Elevators» kompaniyalari o‘rtasida qurilish mollarini yetkazib berish, Issiqko‘l viloyatida kottejlar va binolarga lift o‘rnatish bo‘yicha umumiy summasi 7 mln AQSh dollariga teng shartnomalar imzolangan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025