O‘zbekiston | 13:09 / 23.09.2021
1010
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda tanishiga muhtoj oilalarga beriladigan uydan olib berishni va'da qilib pul olgan shaxs ushlandi

Samarqand shahrida tanishiga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga beriladigan uy olib berishni va'da qilib undan 20 ming AQSh dollari olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro N.A. ushlangan. U tanishi R.ning ishonchiga kirib, unga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga beriladigan uylardan birini o‘zining vakolatli tanishlari orqali olib berish evaziga 20 ming dollar olgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid