O‘zbekiston | 16:08 / 23.09.2021
2851
1 daqiqa o‘qiladi

Uyida obodonlashtirish xodimlarini ishlatgan Bo‘ston tumani hokimi o‘rinbosari 13,5 mln so‘m jarimaga tortildi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bo‘ston tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahim Hoshimovning o‘z uyida obodonlashtirish xodimlarini ishlatgani tasvirlangan video bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.

Abdurahim Hoshimov Bo‘ston tumani hokimi o‘rinbosari

Holat yuzasidan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari soya donini quritish va tozalash ishlariga jalb etilgan.

Shu sababli MJtKning 51-moddasi (mehnatga ma'muriy tarzda majburlash) 1-qismiga asosan BHMning 50 barobari miqdorida (13,5 mln so‘m) ma'muriy jarima qo‘llanilgan.

Mavzuga oid