Jamiyat | 11:10 / 26.02.2025
2840
1 daqiqa o‘qiladi

Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli binoda elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Qashqadaryoda obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli binoda elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, holat “O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan. Kasbi tuman obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli binoning elektr qurilmalari hech qanday shartnomasiz elektr tarmog‘iga ulangan bo‘lgan. 

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 263,9 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid