Xorazm viloyatining so‘nggi 5 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Xorazm viloyatida so‘nggi 5 yilda erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar haqidagi raqamlarni taqdim etdi.
Ma'lum qilinishicha, qishloq xo‘jaligi, yirik sanoat korxonalari, transport-kommunikatsiya tizimi, kichik biznes salohiyati tufayli Xorazm viloyati mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.
Keyingi yillarda viloyatda yangi korxonalar, kichik biznes sub'yektlari, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil etilgan. Turizm, to‘qimachilik sanoati, baliqchilik, parrandachilik, irrigatsiya va boshqa sohalarda istiqbolli loyihalar amalga oshirilgan. Uy-joylar, shifoxonalar, maktablar va bolalar bog‘chalari qurilgan.
2017-2020 yillar davomida viloyat yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) 17 foizga oshib, 21,6 trillion so‘mni tashkil etgan. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2,8 trillion so‘mdan 9,6 trillion so‘mgacha (o‘sish 46 foiz) oshgan.
To‘qimachilik, avtomobilsozlik, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoati, sayyohlik, xizmat ko‘rsatish va issiqxonalar Xorazm viloyatining asosiy «o‘sish nuqtalari» sifatida belgilangan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 2016 yildagi 7,7 trln so‘mdan 2020 yilda 17 trln so‘mgacha o‘sgan.
Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2016 yildagi 19,4 mingdan 2020 yilda 24,1 mingga yetgan (o‘sish 25 foiz).
Infratuzilmani rivojlantirish sohasida 2016-2020 yillarda 50 km gaz quvurlari va 3 304 km suv ta'minoti tarmoqlari yotqizilgan.
O‘tgan 5 yil mobaynida Xorazm viloyatida 109 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan. 3 930 ming kv.m. uy-joy foydalanishga topshirilgan. Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi o‘rinlar soni 12,3 mingga, maktablarda 45,9 mingga yetkazilgan. Shifoxonalarda 2,2 ming o‘ringa mo‘ljallangan koykalar tashkil etilgan.
Mavzuga oid
14:01 / 13.10.2024
“Ko‘p narsa hokimlarning saviyasiga bog‘liq” - vatanga qaytgan investor qanday to‘siqlarga uchradi?
12:08 / 27.09.2024
Xorazmda MChJ mas’ul shaxslari ijtimoiy soha obektlariga beriladigan ko‘mir uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirdi
16:06 / 08.08.2024
Xorazm viloyatining ikki tumaniga yangi hokimlar tayinlandi
08:26 / 10.07.2024