Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahrida davlat idoralari va ma'muriy xizmatlar tarixiy markazdan yangi hududga ko‘chiriladi - Prezident
Samarqand shahri yashash uchun qulay va jozibador “millionli yashil shahar”ga aylantiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Buning uchun, Samarqand, Past Darg‘om, Oqdaryo va Toyloq tumanlari hududidan 18 ming gektari shahar tarkibiga qo‘shiladi. Davlat idoralari va ma'muriy xizmatlar tarixiy markazdan yangi hududga ko‘chiriladi. Samarqand shahrida yangi 2 ta tonnel va 2 ta ko‘prik quriladi.
Samarqand bilim va ilm-fan makoni, “ta'lim xabi”ga aylanadi. Buning uchun, avvalo, maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi 69 foizdan 82 foizga yetkaziladi. 59 ta davlat va 34 ta xususiy, 905 ta oilaviy bog‘chalar tashkil etiladi. Kelgusi besh yilda 38 ta yangi maktab quriladi, 711 tasi rekonstruksiya qilinadi va kapital ta'mirlanadi, 155 mingta qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
Bundan tashqari, barcha shahar va tumanlarda Ay-Tiga ixtisoslashgan maktablar tashkil etilib, ularda 50 mingdan ziyod yoshlar qamrab olinadi. Oliy ta'lim bilan qamrov darajasi 50 foizga yetkaziladi, hozir – 33 foiz. Samarqand shahrida 20 ming talabaga mo‘ljallangan “Yoshlar shaharchasi” barpo etilib, unda kamida 4 ta xorijiy universitetlarning filial va kampuslari joylashtiriladi. Samarqand davlat universitetini jahonning mingta nufuzli oliygohlari qatoriga kiritish dasturi amalga oshiriladi. Yetakchi texnika universitetlari bilan birgalikda Samarqand texnologiya universiteti tashkil etiladi”, dedi prezident.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025