Jahon | 13:35 / 26.09.2021
10235
2 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi insoniyat yadroviy halokat yoqasida ekanini aytdi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Twitter’dagi sahifasida insoniyat hamon yadroviy halokat yoqasida turganini aytdi.

Foto: Depositphotos

26 sentabr butun dunyoda Xalqaro yadro qurolini to‘liq yo‘q qilish uchun kurash kuni sifatida nishonlanadi.

“Butun dunyoda 14 mingga yaqin yadro quroli mavjud. Insoniyat yadroviy halokatga hamon juda yaqin turibdi”, deb aytgan Guterrish o‘z bayonotida.

Uning aytishicha, tinchlik va o‘zaro ishonchning yangi davrini boshlash uchun yadro qurollarini yo‘q qilish vaqti keldi.

Avvalroq BMT bosh kotibi davlatlar o‘rtasida yangi qurol poygasi boshlanganidan xavotir bildirgan.

AQShning qurollanishni nazorat qilish uyushmasining qurolsizlanish va xavfni kamaytirish siyosati bo‘yicha direktori Kingston Reyf yirik davlatlar o‘rtasida boshlangan yangi yadro poygasi insoniyatga nazorat qilib bo‘lmaydigan harbiy mojaro bilan xavf solayotganini aytgandi.

Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, hozirda sobiq ittifoq va AQSh o‘n minglab atom quroli ishlab chiqargan sovuq urush vaqtidagidek darajada qurollanish poygasi yo‘q.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid