Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Konvertatsiya bo‘yicha qarorga imzo chekishimdan oldin menga «norozilik mitingi bo‘ladi» deyishgandi» – Shavkat Mirziyoyev
Bugun, 27 sentabr kuni prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashuvda ishtirok etdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“Murakkab tanlov qarshisida turibmiz. 5 nafar nomzod bor, hech kim siz saylovchilarga ko‘rsatmay bermaydi, o‘zingiz tanlagan, yuraklaringizga quloq tuting, shu mamlakatga eng ko‘p nafi tegadigan nomzodga ovoz bering. Bugungi muloqotimizda ham men ko‘proq sizlarni eshitmoqchiman”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev konvertatsiya masalasi haqida gapirib o‘tdi.
“Konvertatsiya masalasi xalqimizni necha yil qiynadi. Bu bo‘yicha qarorga imzo chekishdan oldin Qirg‘izistonda edim. Meni bu qarordan qaytarishdi va “agar bunday qilsangiz narxlar oshib ketadi va norozilik mitingi bo‘ladi” deyishdi. “Men bu muhim qadam uchun 1,5 yil tayyorlandim. Hech qanday muammo bo‘lmaydi” deb javob berdim.
Mana, hammasi joyida. Tadbirkorlar bemalol ishlashyapti, xalqimiz foydalanyapti. Qabul qilib olganimizda 24 mlrd dollar zaxiramiz bor edi. Hozir 35 mlrd dollardan oshdi. Chunki har bir so‘mni maqsadli ishlatyapmiz”, deya nomzodning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025