Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Gentra va Nexia o‘zaro to‘qnashdi. Ikki nafar voyaga yetmagan qiz vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida Gentra va Nexia mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda, ikki nafar voyaga yetmagan qiz vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 18 sentabr kuni soat 17:20larda Shahrisabz tumani hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 4K-284 Chorshanba-Ommag‘on avtomobil yo‘lining 1-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Lacetti mashinasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan Nexia-2 mashinasining yo‘liga chiqib ketib, u bilan to‘qnashgan. Oqibatda, Nexia-2da yo‘lovchi sifatida ketayotgan ikki nafar voyaga yetmagan qiz og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi maktablardan birining oldida sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchisi maktab yaqinida tezlikni cheklovchi belgilar o‘rnatilganiga qaramasdan yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda katta tezlikda harakatlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Shahrisabz tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:58 / 08.11.2024
Qashqadaryoda 28 yoshli ayol antibiotikdan keyin vafot etdi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024