Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda mashina urib yuborgan piyoda shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida Lacetti mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda, piyoda og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 25 sentabr kuni tunda Shahrisabz tumani hududidan o‘tuvchi 4K-307 Shahrisabz-Miraki avtomobil yo‘lining 14-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
O‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Lacetti mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda, piyoda og‘ir tan jarohat olib shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasining sodir bo‘lishiga aholi punktida yo‘lning yoritish chiroqlari bo‘lmagani sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Shahrisabz tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan mazkur yo‘lning yoritilmagani xususida yo‘l-ta'mirlash korxonasiga taqdimnoma kiritilib, bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025