Jahon | 17:07 / 28.09.2021
19444
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng badavlat odamlari reytingida yetakchi o‘zgardi

Tesla va SpaceX asoschisi milliarderlar reytingida ikkinchi marta birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Foto Patrick Pleul / EPA / TASS

Amerikalik biznesmen Ilon Mask Forbes milliarderlar reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Uning boyligi miqdori ilk bor 200 milliard dollardan oshdi.

U Amazon asoschisi Jyeff Bezosni birinchi o‘rindan tushirib yubordi.

Shu tarzda, Mask boyligi miqdori 200 milliard dollardan oshgan uchinchi insonga aylandi.

2020 yil avgustda Bezos, shu yil iyunda LVMH guruhi prezidenti Bernar Arnoning boyligi 200 milliard dollardan oshgandi.

Hozirda Bezos va Arnoning boyligi mos ravishda 197,7 va 175,2 milliard dollar deb baholanmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid