Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchilar yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha IIB xodimlarisiz xabarnomani tuzishi mumkin bo‘ladi
Hukumat qarori bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonunchilikka ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha haydovchilar IIB xodimlari ishtirokisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish orqali sug‘urta tovonini olish tartibi joriy etilgan.
Shunga muvofiq, 2021 yil 1 noyabrgacha sug‘urta tashkilotlarining veb saytlarida xabarnoma blankasi namunasi joylashtiriladi va uni yuklab olish imkoni yaratiladi.
Xabarnoma ikki nusxada quyidagi asoslar bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lganida tuziladi:
- jabrlanuvchiga yengil jarohat yetmaganida yoki mol-mulk shikastlanmaganida;
- ishtirokchilardan biri o‘z aybiga iqror bo‘lmaganida;
- hodisa piyoda ishtirokisiz sodir etilganida;
- hodisa faqat 2 ta transport ishtirokida bo‘lganida;
- ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilingan bo‘lsa;
- haydovchilik guvohnomasi, ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ishonchnoma, yo‘l varaqasi mavjudligi;
- haydovchilar mast bo‘lmasa;
- transportlarning shikastlanishi nizoni keltirib chiqarmasa.
Qaror 2021 yil 25 noyabrdan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
13:30 / 28.02.2025
Uzun tuman IIBda fuqaro vafot etishi bilan bog‘liq holatni prokuratura va Ombudsman o‘rganmoqda
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024