Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litvadagi qochqinlar lagerida tartibsizliklar yuz berdi
Litvaning Rukla shahrida joylashgan qochqinlarni qabul qilish markazida migrantlar orasida g‘alayon ko‘tarildi.
Qochqinlar ingliz tilida “Ozodlik!” deb hayqirishgan va tartibsizliklar uyushtirishgan. Lager rahbariyati politsiyani chaqirtirishiga to‘g‘ri kelgan.
Dam olish kunlari yuz bergan tartibsizliklar davomida 21 kishi yo‘qolib qolgan, ulardan 13 nafari hamon qidirilmoqda.
“Bizni harbiy asirlar deb hisoblashmoqda. Bu bizning ushbu yerdan qochmoqchi bo‘layotganimizning asosiy sababi hisoblanadi. Har kun oramizdan kimdir qochishga urinadi”, deb aytgan lagerda yashayotgan iroqlik qochqin Sangara Blbaza.
“Bizning qochqinlar qochish uchun bunday namoyishlar, sabotaj, e'tiborni chalg‘itish usullarini qo‘llashidan xabarimiz bor. Bu yo‘lga qo‘yilgan tizimdir. Bu qochishning eng yaxshi usullaridan biri”, deb aytgan Litva ichki ishlar vazirligining jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i Richardas Potsyus.
Ta'kidlanishicha, qochqinlar lager sharoitlaridan shikoyat qilishmoqda va u yerda balog‘atga yetmagan bola og‘ir kasallikdan vafot etgach, o‘z sog‘liqlaridan xavotirlanishmoqda. Yana bir nogiron bola shifoxonaga olib ketilgan. Hammasi bo‘lib markazga og‘ir kasalliklarga ega 20 migrant keltirilgan.
“Biz lagerdagi odamlarga yordam berish uchun har bir hodisaga javob bermoqdamiz, zarur yordam va maslahatlar bermoqyapmiz. Biroq hozirgi vaziyat shundayki, bu odamlarda tibbiy sug‘urta yo‘q”, deb aytgan markaz direktori Beatriche Bernotene.
Avvalroq Latviya, Litva va Polsha Belarus bilan chegarada noqonuniy migratsiya muammosiga duch kelganini ma'lum qilgan.
27 sentyabrda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus va Yevropa Ittifoqi chegarasida migrantlar bilan yuzaga kelgan vaziyatni gumanitar falokat deb atagan.
Mavzuga oid
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
13:12 / 14.05.2025