Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:09 / 29.09.2021
1371
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda yong‘in-qutqaruv sporti rivojlantiriladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yong‘in-qutqaruv sportini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
Quyidagilar yong‘in-qutqaruv sportini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar etib belgilandi:
- qutqaruvchilarning jismoniy tayyorgarligi va kasbiy mahoratini izchil oshirib borish;
- yoshlar orasida yong‘in-qutqaruv sportini ommalashtirish, iste'dodli sportchilarni saralab olish va milliy terma jamoa zaxirasini shakllantirish;
- zamonaviy sport inshootlarini barpo etish hamda sport texnikalari va anjomlari bilan tizimli ta'minlash orqali yong‘in-qutqaruv sporti majmualarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
- yong‘in-qutqaruv sportini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or jahon tajribasini muttasil o‘rganib borish va amaliyotga keng joriy etish.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2022-2024 yillarda yong‘in-qutqaruv sporti majmualarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash dasturi;
- 2022-2024 yillarda yong‘in-qutqaruv sporti majmualarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish dasturi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
18:01 / 13.02.2025
O‘zbekiston qishki Osiyo o‘yinlari tarixida ikkinchi yaxshi natijasini ko‘rsatdi
15:12 / 13.02.2025