Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda erkak yarashish taklifini rad etgan xotini va uning akasini pichoqladi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida er xotiniga yarashish taklifini bildirgan va uni uyiga chaqirgan. Xotini rad javobini bergach, erkak avval uni, so‘ng shu yerda bo‘lgan qaynog‘asini pichoqlagan. Oqibatda qaynog‘asi vafot etgan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan, javobgar er A.B. qaramog‘ida qolgan ikki nafar farzandni turmush o‘rtog‘i Z.B. tarbiyasiga olib berish belgilangan. Sud qarori bo‘yicha MIB Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 28 sentabr kuni javobgar A.B. davlat ijrochisiga bir necha marotaba qo‘ng‘iroq qilib, bolalarni turmush o‘rtog‘i da'vogar Z.B.ga ixtiyoriy ravishda topshirishini va u bilan yarashishga qaror qilganini bildirgan. So‘ng davlat ijrochilari turmush o‘rtog‘ini uyiga taklif etgan.
Davlat ijrochilari hamda da'vogar Z.B. manzilga yetib kelgach, A.B. xotiniga yarashish va birga yashashni taklif qilgan. Ammo Z.B. bu taklifni rad etgan. Xotinidan rad javobini olgan A.B. uydan oshxona pichog‘ini olib chiqib, ayolga va uning akasi T.N.ga ham bir necha marta sanchgan.
Oqibatda Z.B. va T.N. og‘ir tan jarohatlari bilan Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, ayolning akasi T.N. vafot etgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.B. gumonlanuvchi tariqasida ushlangan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:33 / 11.03.2025
Samarqand viloyatida uchta tarixiy masjid buzib tashlandi
10:59 / 11.03.2025
Kattaqo‘rg‘onda eshak so‘yib, go‘shtini sotib kelgan shaxslar aniqlandi
18:12 / 03.08.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda “Damas” haydovchisi halok bo‘ldi
11:38 / 18.07.2024