Afg‘oniston sog‘liqni saqlash tizimi inqiroz yoqasida ekani ma'lum qilindi
Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda Afg‘onistonda 20 mingdan ortiq tibbiyot xodimi ishsiz yoki maosh olmasdan ishlamoqda. Ularning 7 ming nafardan ortig‘i ayollardir.

Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi bo‘linmasi rahbari Aleksandr Mateu Afg‘oniston sog‘liqni saqlash tizimi inqiroz yoqasida ekanini aytdi.
“Odamlar maoshsiz yana bir necha hafta ishlashga rozi bo‘lishi mumkin, ammo vaqti kelib dori-darmonlar tugaydi. Chiroqni yoqa olmasang, klinikaga kelgan bemorlarga hech narsani taklif qila olmasang, eshiklarni yopishga to‘g‘ri keladi”, – dedi Mateu.
Mateuning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Afg‘onistonda 20 mingdan ortiq tibbiyot xodimi ishsiz yoki maosh olmasdan ishlamoqda. Ularning 7 ming nafardan ortig‘i ayollardir.
U shuningdek, agarda mamlakatda maoshlarni berishni tiklash uchun mablag‘ bo‘lmasa, qishda yirik gumanitar inqiroz yuz berishi mumkinligini aytdi.
Avvalroq JSST Afg‘onistondagi tibbiyot muassasalarining 20 foizdan kamrog‘i faoliyat ko‘rsatayotgani, muassasalarning uchdan birida zarur dorilar qolmaganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi

15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin

17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi

17:47 / 12.05.2025