Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barbados Britaniya qirolichasi boshqaruvidan chiqib, respublikaga aylanadi
Karib dengizida joylashgan Barbados orol-davlati o‘z konstitutsiyasiga Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ni orolning hukmdori maqomidan mahrum etuvchi tuzatmani kiritdi. Endilikda orol konstitutsion monarxiyadan parlament respublikasiga aylanadi.
Bu Barbadosning Britaniyadan mustaqilligining 55 yilligi kuni – 30 noyabrda yuz beradi. Orol bosh vaziri Mia Mottlining ta'kidlashicha, parlament “puxta o‘ylangan qaror”ni qabul qilgan. Bu tuzatma bo‘yicha muzokaralar 1998 yildan buyon olib borilgan.
“O‘zgarishlar rivojlanishimizning keyingi bosqichiga o‘tishimizga va Barbados xalqiga dunyoga biz o‘zimizga ishonishimiz hamda kimligimiz va qilayotgan ishimiz uchun to‘liq javobgar ekanimizni aytish imkonini beradi”, deb ta'kidlab o‘tgan Mottli.
Mamlakatda hokimiyat shaklini o‘zgartirishda konstitutsiyaning Britaniya qirolichasiga tegishli bandidan boshqalarini o‘zgartirishga zarurat bo‘lmaydi. Ikkinchi qadam mamlakat tarixida birinchi prezident saylovlari o‘tkazilishi bo‘ladi.
Barbados 1627 yildan Britaniya mustamlakasi bo‘lgan va 1966 yilda mustaqillikka erishgan. Mamlakat rahbari Britaniya qirolichasi hisoblangan.
Orol-davlat Karib dengizining sharqida joylashgan bo‘lib, unda 300 mingga yaqin aholi yashaydi.
Yaqinda Shotlandiya rahbariyati ham Britaniyadan mustaqil bo‘lish haqida yana gapira boshladi. Mamlakat bosh vaziri Nikola Sterjyen bu masalaga koronavirus pandemiyasidan keyin yana qaytilishini aytgan.
Mavzuga oid
20:25 / 28.12.2021
Dunyodagi eng yosh respublika navbatdan tashqari saylovlar e’lon qildi
20:06 / 30.11.2021
Rianna milliy qahramon, Yelizaveta II endi hukmdor emas – Barbados respublikaga aylandi
20:11 / 16.09.2020
Barbados respublika bo‘lishga qaror qildi. Yelizaveta II endi bu orol qirolichasi bo‘lmaydi
00:41 / 12.07.2020