Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bunyodkor» stadioni avtoturargohida voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida janjal yuz berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha qizlarning o‘zaro janjali aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB o‘tkazilgan tekshiruv natijasi bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.
Bildirilishicha, joriy yilning 28 sentyabr kuni soat taxminan 17:30larda voyaga yetmagan, 2004 yilda tug‘ilgan Sh.Ya. tanishlari bilan Chilonzor tumanidagi «Bunyodkor» stadioni oldidagi avtoturargohda uchrashib, voyaga yetmagan, 2004 yilda tug‘ilgan R.B. uni ijtimoiy tarmoqlar orqali haqorat qilgani uchun munosabatlarni hal qilib olmoqchi bo‘lgan. Og‘zaki tortishuv o‘zaro janjalga aylanib ketgan va Sh.Ya. tanishi R.B.ni urgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilayotgani, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi aytilgan.
“Hurmatli ota-onalar! So‘nggi kunlarda voyaga yetmaganlar ko‘chada uchrashib, munosabatlarni hal qilib olmoqchi bo‘layotgani, bunday mojarolar janjalga aylanib ketayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Farzand tarbiyasiga ota-ona yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxslar mas'ul ekanini unutmang. Agarda siz, voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlaringizni bajarmasangiz, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlikka tortilishingiz mumkin”, deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid
19:51 / 02.04.2025
Chirchiqda janjal oqibatida bir kishi vafot etdi
08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi
09:52 / 07.02.2025
Toshkentda janjal vaqtida haydovchi Gentra’ni odamlar ustiga haydadi
22:29 / 17.01.2025