Nikolya Sarkozi bir yilga ozodlikdan mahrum etildi
Fransiya sobiq prezidenti 2012 yilgi saylovoldi kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirishda aybdor deb topildi.

Foto: AP
Parij axloq tuzatish sudi Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini 2012 yilgi saylovoldi kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirishda aybdor deb topdi va uni bir yilga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda BFM TV telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, u jazoni qamoqxonadan tashqarida, elektron bilaguzuk taqqan holda o‘taydi.
Sarkozi shu yilning mart oyida telefon qo‘ng‘iroqlarini noqonuniy tinglash ishi bo‘yicha uch yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Fransiya qonunlariga ko‘ra, prezidentlikka nomzod saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish me'yorini 22,5 mln yevrodan oshira olmaydi. Sarkozi saylovoldi kampaniyasining haqiqiy qiymati me'yordagidan 18 mln yevroga ortiq bo‘lgani ma'lum bo‘ldi. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, umumiy xarajatlar miqdori kamida 42,8 mln yevroni tashkil etgan.
Sarkozi o‘ziga nisbatan ilgari surilgan ayblovlarni rad etdi. U moliyaviy masalalar bilan yordamchilari shug‘ullangani, moliyalashtirish me'yori ortib ketganidan xabari bo‘lmaganini aytdi. Ammo sud bu iddaoni hisobga olmadi.
Mavzuga oid

09:31
Bloger Qobil Do‘sov ustidan yana bir sud ishi bo‘lib o‘tmoqda

20:07 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sud majlislarini audio va videoga yozib olish majburiy bo‘ldi

09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi

10:36 / 15.05.2025