Tojikiston orqali O‘zbekistonga olib o‘tilgan 30 kilodan ortiq narkotik modda DXX tomonidan musodara qilingan
DXX xodimlari tomonidan O‘zbekiston hududiga noqonuniy ravishda olib kirilgan 30 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar aniqlanib, musodara qilingan. Giyohvand moddalarning aksariyati Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan.
DXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha xodimlari hamda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘zbekiston hududiga Amudaryo orqali noqonuniy o‘tgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olingan. Tekshiruv davomida ushbu shaxsning yonidan 9 kg 84 gr opiy giyohvand moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Surxondaryoda kuzatilgan yana bir holatda viloyatning Uzun tumani hamda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi uch nafar shaxs 6 kg 80 gr gashish moddasini 30 ming dollarga sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.
DXXning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB, viloyat bojxona boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent – Samarqand yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Kia Bongo” rusumli avtomashina Samarqand viloyatining “Yuqori nuqta” YPX maskanida to‘xtatilib ko‘zdan ko‘chirilganda unda ketayotgan samarqandlik ikki nafar shaxsga tegishli 5 kg 953 gr opiy giyohvand moddasi borligi aniqlangan va protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
DXXning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Chegara qo‘shinlari xodimlari hamda Toshkent bojxona boshqarmasi vakillari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax – Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Nexia-3” rusumli avtomashina Toshkent shahriga kiruvchi “Erkin” YPX maskanida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda yo‘lovchilardan biri – Baxmal tumanida yashovchi 37 yashar erkakning yonida 2 kg 818 gr opiy giyohvand moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda poytaxtning Yakkasaroy tumanida yashovchi 1976 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinada 80 gr gashish giyohvand moddasi borligi aniqlangan. Surishtiruv harakatlari davomida u mazkur moddani 1975 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan tanishidan sotib olgani ma'lum bo‘lgan hamda tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxs ham qo‘lga olingan. Uning “Captiva” rusumli mashinasi ko‘zdan kechirilganda, avtomobil salonida 5 kg 219 gr gashish moddasi borligi aniqlangan.
Yana bir holatda ham qariyb 2 kg gashish moddasini kelgusida sotish maqsadida Qo‘qon shahriga olib ketayotgan Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi 35 yashar fuqaro DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida musodara qilingan jami 17 kg 855 gr opiy va 13 kg 379 gr gashish giyohvand moddalarining aksariyati Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgani aniqlangan. Qayd etilishicha, hozir tezkor tadbirlar davomida qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida ularning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
16:46 / 09.11.2024
Uchta viloyat va Toshkent shahrida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
10:23 / 07.11.2024
DXX: Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari ozodlikdan mahrum etildi
14:41 / 06.11.2024