Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy sud 16 fevral voqealari bo‘yicha sobiq bojxonachilar ishini ko‘rishni boshladi
Bundan 22 yil avval Toshkentda sodir bo‘lgan terrorchilik aktlaridan so‘ng jinoiy javobgarlikka tortilgan bir necha sobiq bojxonachilar 2021 yilda oqlangan edi. Oqlov hukmiga nisbatan Toshkent viloyati prokurori protest kiritgach, ish Oliy sudda qayta ko‘rilmoqda.
30 sentyabr kuni Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati ishni kassatsiya tartibida ko‘rishni boshladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Sud majlisida ishtirok etgan prokuror o‘z nutqida Toshkent viloyat prokurorining protestini qo‘llab-quvvatlashini bildirib, sobiq bojxonachilarga nisbatan chiqarilgan oqlov ajrimini bekor qilishni hamda ishni apellyatsiyada qayta ko‘rishga jo‘natishni so‘radi.
Sudlanuvchilarning himoyachisi sud majlisida so‘zga chiqib, himoyasi ostidagi shaxslarning aybsiz ekanini, prokuror protestida keltirilgan vajlar sobiq bojxonachilarni aybdor deb topish uchun asos bo‘lolmasligini qayd etdi.
Sudlanuvchilar ham so‘zga chiqib, o‘zlarining aybsiz ekanini, Toshkent viloyat sudining apellyatsiya hay'ati tomonidan 2021 yil 24 iyul kuni chiqarilgan oqlov ajrimini o‘z kuchida qoldirishni hamda protestni qanoatlantirishdan rad etishni so‘radi.
Sud hay'ati tanaffus e'lon qilib, ish bo‘yicha keyingi sud majlisi 2021 yil 7 oktyabr kuni o‘tkazilishini ma'lum qildi.
Kun.uz sud jarayonlarini yoritishda davom etadi.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025